Irritabiy ichak sindromi nima?
Irritabiy ichak sindromi (IBS) - bu gastroenterologiya bilan bog'liq ko'plab belgilar va alomatlar guruhidir.

Irritabl ichak sindromi nima? Uni davolashning tabiiy usullari
Irritabiy ichak sindromiyo'g'on ichakning funktsional buzilishi demakdir. Bu kattalarda ham, bolalarda ham paydo bo'lishi mumkin. Bu ichak harakatida ma'lum bir o'zgarishlarga olib keladigan funktsional kasallik hisoblanadi. Irritabiy ichak sindromi belgilari diareya, ich qotishi, qorin og'rig'i, gaz va shishiradi kabi keng ko'lamli simptomlarni qamrab oladi. Uning belgilari dieta, turmush tarzini o'zgartirish va dori-darmonlar bilan nazorat qilinadi. Bu surunkali kasallik bo'lib, uni nazorat qilish mumkin.
1. Maxsus parhezga rioya qiling
Irritabiy ichak sindromini davolashda to’g’ri dieta qo’llash o’ta muhim. Bu kasallikning alomatlarini sezilarli darajada kamaytirishi va sog'lig'ingizni yaxshilashi mumkin.
Irritabiy ichak sindromini tabiiy davolashda birinchi qadam kasallik belgilarini qo'zg'atadigan ovqatlardan qochishdir. Ushbu kasallikka chalingan bemorlarning 70 foizida ba'zi oziq-ovqatlar ularning alomatlarini yomonlashtirgani kuzatiladi.
Bular:
- Piyoz, sarimsoq, brokkoli, gulkaram, karam kabi sabzavotlar
- Yasmiq, nohut, loviya kabi quruq dukkaklilar,
- Non, makaron, pizza, tort kabi unli mahsulotlar
- Sigir suti, pishloq, yogurt, muzqaymoq kabi tarkibida laktoza bo'lgan mahsulotlar
- Qahva, spirtli ichimliklar va gazlangan ichimliklar,
- Qandli, yog'li va achchiq ovqatlar va ichimliklar,
- Inulin kabi qo'shimcha tolani o'z ichiga olgan oziq-ovqat va mahsulotlar,
Bundan tashqari, kuniga 3 porsiyadan ortiq meva iste'mol qilish shikoyatlarni oshirishi mumkin.
1. Vaqti-vaqti bilan ro'za tutishga harakat qiling
Vaqti-vaqti bilan ro'za tutish - bu vaqtga to'g'ri keladigan ro'za tutish davrlariga asoslangan mashhur parhez usuli. Bu usul, odatda bir vaqtning o'zida 14-20 soatgacha kaloriya cheklanishini o'z ichiga oladi. Kaloriyani cheklash odamlarda qon bosimi va insulin sezgirligini oshiradi.
- Jismoniy mashq qilish
Muntazam jismoniy faoliyat yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, bu umumiy salomatlik va uzoq umr ko'rishning yaxshilanishiga olib keladi. Bir tadqiqot shuni ko'rsatadiki, mashqlar Irritabiy ichak sindromi alomatlarini yengillashtirishga yordam beradi.
Ushbu kasallik alomatlarini yengish uchun eng yaxshi jismoniy mashg'ulotlardan biri yogadir. Yoga - bu ong va tana mashqi hisoblanadi.
1. Stressni kamaytiring
Surunkali stress kortizol gormonini oshiradi va ovqat hazm qilish tizimimizga ta'sir qilishi mumkin. Shuning uchun stress va tashvishlarni boshqarish ushbu kasallik belgilarini boshqarish uchun juda muhimdir..
Irritabiy ichak sindromi stressga sezgir kasallikdir, shuning uchun uni davolash stressni boshqarishga va u keltirib chiqaradigan javoblarga qaratilishi kerak. Stressli hayot hodisalari Irritabiy ichak sindromi bilan og'rigan bemorlarning 30 foizida qorin og'rig'i va qorin bo'shlig'ini kuchaytirishi mumkin..
Meditatsiya kabi usullardan ko'proq foydalanish. Yoga kabi jismoniy mashqlarning muayyan turini bajarish, Kognitiv xatti-harakatlar terapiyasi va doimiy mashqlar stressni kamaytiradi va Irritabiy ichak sindromini yengillatishga yordam beradi.
- Akupunkturdan foydalanish
Akupunktur - bu inson tanasining strategik nuqtalariga (asabga boy joylar) turli chuqurliklarga ignalarni kiritishni o'z ichiga olgan davolash shakli. Akupunktur Irritabiy ichak sindromi shikoyatlarini sezilarli darajada nazorat qilishi isbotlangan..
1. Probiyotiklarni qabul qiling
Probiyotiklar - bu ovqat hazm qilish tizimi uchun foydali bo'lgan jonli mikroorganizmlar (bakteriyalar). Ular sizning ichak sog'lig'ingizni qo'llab-quvvatlaydi va Irritabiy ichak sindromining ba'zi asosiy sabablarini yengillashtirishga yordam beradi.
Yogurt, ayron, kefir, bo'za, tarhana sho'rva kabi fermentlangan mahsulotlar probiyotik oziq-ovqatning yaxshi manbalari hisoblanadi.
Oziq-ovqatdan tashqari, siz dietangizga probiyotiklarni qo'shishingiz mumkin. Yangi qo'shimchani boshlashdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing..
- Prebiyotik/tola iste'molini oshiring
Prebiyotiklar - bu ichakdagi foydali bakteriyalarni oziqlantiradigan xun tolasi. Bu sizning ichak bakteriyalaringizga ichak hujayralari uchun ozuqa moddalarini ishlab chiqarishga imkon beradi, bu esa ovqat hazm qilish tizimining yaxshilanishiga hissa qo'shadi..
Ba’zi mevalar, sabzavotlar va donli mahsulotlardan prebiyotiklarni olish mumkin, masalan:
- Sarsabil (Kuşkonmaz)
- Banan,
- Arpa,
- Piyoz,
- Kakao,
- Zig'ir urug'i,
- Hindibo ildizi,
- Soya,
- Olma.
Irritabiy ichak sindromini nazorat qilishning yana bir samarali usuli xun tolasi iste'molini kuniga 20-35 grammgacha oshirishdir.
Masalan:
- Chernika,
- Bryussel karami,
- Baqlajon,
- Shirin kartoshka bular tolaga boy mahsulotlar hisoblanadi.
- D vitamini qabul qiling
D vitamini bizning ovqat hazm qilishimiz uchun muhim vitaminlardan biridir. ichak sindromi bilan og'rigan bemorlarning 50% dan ko'prog'ida D vitamini etishmaydi.
D vitaminini ko'proq iste'mol qilish uchun har kuni 15-30 daqiqa quyoshda toblaning va D vitaminiga boy oziq-ovqatlarni iste'mol qiling. Bundan tashqari shifokor nazorati ostida D vitamini qo'shimchalarini olishingiz mumkin.
Tabiiyki, D vitaminiga eng boy ovqatlar qatoriga kiruvchi ushbu taomlarni sinab ko'ring:
- Losos balig’i
- Konserva baliq,
- Qoziqorin,
- Tuxum sarig’i,
- Sardalya.
Bundan tashqari,
- Yalpiz,
- Aloe,
- Pomashka,
- Artishok yoki artishok barglari ekstrakti,
- Zanjabil (ko'ngil aynishi uchun)
- Tut barglari choylari,
- Jambil kabi mahsulotlar umumiy ovqat hazm qilish va ichak salomatligini yaxshilashi mumkin.
Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.