Oyoq terlashi va noxush hidni qanday bartaraf etish mumkin?

Terlashning ortishi ko‘pincha sifatsiz poyabzal kiyish yoki gipergidroz, qo‘ziqorin (gribok) kasalliklari va organizmning individual xususiyatlari tufayli yuzaga keladi.

1865460
Oyoq terlashi va noxush hidni qanday bartaraf etish mumkin?

 

 

Oyoq terlashi va noxush hid nozik mavzu, undan qutulish unchalik oson emas, deb o‘ylashadi. Quyida muammoni uy sharoitida hal qilishga yordam beradigan bir nechta samarali tabiiy vositalar haqida sizlarga ma’lumot beramiz.

  1. Limon sharbati

Limon sharbati oyoqlarning yomon hidiga qarshi samarali kurashadi. Oyoqlarni parvarish qilish yoki terlashini oldini olish uchun tog’oraga suv quying va unga bir stakan limon sharbati ilova qiling. Oyoqlaringizni 20 daqiqa davomida bu suvga solib o’tiring. Limon sharbati oyoqlarda mikroblar paydo bo‘lishini oldini oladi. 

 

  1. Limon po’stlog’i

Muntazam ravishda oyoqlarni limon qobig'i bilan ishqalab turish, terlash va oyoq hidlanishidan xalos bo‘lishga yordam beradi.

 

  1. Epsom Tuzi

Epsom tuzi magniy sulfat sifatida bilinsa-da, tashqi ko'rinishida tosh tuziga o'xshaydi. Biroq, tosh tuzidan farqli o'laroq, u natriy o'rniga magniyni o'z ichiga oladi. Chelakka 1 choy qoshiq epsom tuzini soling va biroz issiq suv ilova qiling. Oyoqlaringizni taxminan 30 daqiqa davomida bu suvga solib o’tiring. Keyin sochiq bilan quriting va krem bilan namlang.

 

  1. Pudra

Pudra ham oyoq terlashini oldini olishga yordam beradigan vositalardan biridir. Bu ayni vaqtda oyoqlarda qizarishning oldini oladi. Oyoq salomatligiga juda ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bundan tashqari, oyoqlarning namlanishi va hidlanishining oldini oladi.

 

  1. Foydali efir moylari
  • Lavanda efir moyi
  • Choy daraxti efir moyi
  • Evkalipt efir moyi. Bir chelakka 10 tomchi evkalipt efir moyi tomizing. Unga iliq suv ilova qiling va aralashtiring. Oyoqlaringizni bu aralashmaga 20 daqiqa solib o’tiring. 

 

Lavanda…

  • Lavanda yog‘i oyoq hidini yaxshi olib tashlaydi va terlashni kamaytiradi.
  • Oyoqlarga 4-5 tomchi lavanda yog‘i surtiladi, qolganlarini salfetka bilan artib olinadi.
  • Kechasi, oyoqlarni lavanda yog‘i bilan ishqalab, maxsus paxta paypoqlar kiyiladi.
  •  
  1. Qora va ko’k choy

2 stakan qaynatilgan choyni chelakka quying va biroz iliq suv ilova qiling. Oyoqlaringizni 20 daqiqa davomida bu suvga solib o’tiring.

  1. Sirkali suv

Sirkali suv aralashmasi uchun 1 litr suvga 2 stakan olma sirkasini aralashtiring. Bu aralashma bilan oyoqlaringizni yuving.

 

  1. Karbonat

Chelakka 1 litr suv quying va unga 1 paket karbonat ilova qiling va yaxshilab aralashtiring. Oyoqlaringizni ushbu aralashmaga solib o’tiring.

 

  1. Yong’oq bargi

2 osh qoshiq quritilgan yong‘oq bargini 2 litr suvda qaynatib, biroz sovishini kuting. Yarim soat davomida oyoqlaringizni ushbu suvga solib o’tiring. Foydasini ko'rish uchun uni 7 kun davomida muntazam ravishda qo'llashingiz mumkin. Keyin 2 kunda bir marta sinab ko'rishingiz kerak. Keyin 1 oy davomida haftada faqat uch kun qo’llashingiz tavsiya etiladi.

 

  1. Shalfey va yalpiz

2 litr suvda 1 osh qoshiq shalfey bargini solib qaynating. Unga bir tutam yalpiz ilova qiling. Agar oyoqlaringiz bu suvda taxminan 15 daqiqa tursa, noxush hid yo'qoladi. Ushbu usulni har kuni kechqurun yoki haftada 4 marta qo'llash orqali ta'sirini ko'rishingiz mumkin.

 

  1. Xint xinasi

Qadim zamonlardan beri insonlar keng foydalanib kelgan xina madaniyati oyoq salomatligi uchun ham juda samaralidir. Oyoqlarga xina qo’yish ham turli qo’lansa hidlarni yo’qotishga yordam beradi.

 

  1. Tuz

Bir chelakka tuz soling va unga issiq suv ilova qiling. Oyog'ingizni ushbu namakop suvga solib o’tiring. Bu muolajani haftada bir marta qo’llashingiz maqsadga muvofiq bo’ladi.

 

  1. Krem retsepti
  • 12 tomchi evkalipt efir moyi
  • 1 choy qoshiq bug’doy yog’i
  • 1 choy qoshiq zaytunyog’i   
  • 1 osh qoshiq bodom yog’i  

Belgilangan miqdordagi yog’larni bir idishga soling va yaxshilab aralashtiring. Tayyorlangan kremni haftada 3 kun yotishdan oldin oyoqlaringizga surting.

Bundan tashqari, oyoq kiyimlarini dezinfeksiya qilish ham oyoq terlashi va noxush hidni oldini oladi. Oyoq kiyim ichiga mineral soda quyib, bir kunga qoldirishingiz mumkin. Bu usul poyafzaldagi noxush hidni yo’qotadi.

 

Dr. Mehmet Uchar tomonidan tayyorlandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #oyoq terlashi

Aloqador xabarlar