18-mart Chanoqqal’a shahidlarini yod etish kuni

Birinchi Dunyo urushida ishtirok etgan Usmoniy davlatini Istanbulni bosib olish orqali urushdan chetlatishni istagan Buyuk Britaniya bilan Fransiya harbiy dengiz kuchlari Chanoqqal’a bo’g’ozini dengiz yo’li orqali bosib olishga harakat qildi. Bu urush Usmoniy armiyasi va harbiy-dengiz kuchlarining buyuk g’alabasi bilan natijalanar ekan Buyuk Britaniya bilan Fransiya dengiz kuchlari og’ir yo’qotishlar bilan ortga tisarildi. Lekin bo’g’ozni dengiz orqali bosib ololmasligini tushunib yetgan G’arb imperiyalari quriqlikdan urush boshlaydi. Turk xalqining jasorati va fidokorligi bilan buyuk yo’qotishlarga qaramay Chanoqqal’a bo’g’ozi ishg’olchi kuchlarga berib qo’yilmadi. “Chanoqqal’ani bosib o’lolmaysiz” degan so’zlar do’st va dushman oldida takrorlandi. Shunday ekan g’alaba, yana bir bor muborak bo’lsin. Chanoqqal’a shahidlarini esa g’alabaning 104-yilligida hurmat va ehtirom ila takror yod etamiz.