Istanbuldagi tarixiy kasalxonada yong'in sodir bo'ldi

 

Istanbulning Zeytinburnu dahasida joylashgan "Balikli yunon" kasalxonasida sodir bo'lgan yong'in o'chirildi.

Yong‘in kecha, 4 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:50 da shifoxonaning qariyalar bo'limining tomida yuz bergan. Olov tez tarqalib, butun tomni qamrab olgan. Tarixiy binodagi yong'in sababli Istanbulning ko'plab tumanlarini qora tuman qoplagan.

Yong'in tarixiy binoga katta zarar yetkazdi.

Voqea yuzasidan tergov-surishtiruv harakati olib borilmoqda.


Tanlangan kalimalar: Balikli Rum kasalxonasi , Istanbul