"Islom ota" jome' masjidida bugun ilk Juma namozi o'qildi

Bugun qaytadan ta'mirlangan "Islom ota" jome' masjidida ilk bora Juma namozi o'qildi. Toshkent shahrining Farg'ona yo'li ko'chasida joylashgan ushbu masjid, 2015-yilning bahorida sodir bo'lgan yong'in natijasida deyarli vayron bo'lgan edi. 

“Islom ota” jome’ masjidi O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva hamda uning turmush o’rtog’i Timur Tillayev tomonidan qayta ta’mirlandi.

Manba: Lola Karimova-Tillaevaning shaxsiy instagram sahifasi


Tanlangan kalimalar: jome' masjidi , Islom ota , Juma namozi