Kanar orollarida "uyqudagi vulqon" otilishi boshlandi

 

19 sentabr kuni Kanar orollari arxipelagi tarkibidagi Palma orolida Kumbre-Vexa vulqoni uyg‘ondi. Lava oqimi yaqin atrofdagi kichik qishloqlarga yetib kelgan.

Dushanba kuni lava oqimi yo‘lidan chiqqan barcha narsani yakson etib, aholi uylariga yetib kelgan. 

Palma oroli hukumati vulqon atrofidagi qishloqlarda yashovchi 5000 kishini evakuatsiya qildi. 

Ispaniyaning Kanar orollaridagi Kumbre-Vexa vulqoni 1971 yildan buyon birinchi marta portladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: Kanar orollari