PKK/YPGga a’zo 23 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

2236514
PKK/YPGga a’zo 23 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi

Suriya shimolida PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 23 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, terrorchilarning qochadigan joyi qolmagani va bundan buyon hech qayerning ular uchun xavfsiz emasligi ta’kidlandi.

Bayonotda, «Qahramon Turk Qurolli kuchlarimiz Suriya shimolida aniqlagan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 23 nafar terrorchini ta’sirsiz holga keltirdi. Askarlarimiz nafasi terrorchilar yelkasida boʻlishda davom etadi», - degan ifodalarga oʻrin berildi.



Aloqador xabarlar