Alparslan Bayraktar Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri bilan uchrashdi
Uchrashuvda Ozarbayjon bilan energetika, ayniqsa tabiiy gaz bo'yicha davom etayotgan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
2235850

Turkiya Energiya va tabiiy resurslar vaziri Alparslan Bayraktar Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabbarov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Ozarbayjon bilan energetika, ayniqsa tabiiy gaz bo'yicha davom etayotgan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Vazir Bayraktar o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborov va unga hamrohlik qilgan delegatsiyani vazirlikda kutib olganidan bahtiyorligini bildirdi.
"Biz doʻst va qardosh Ozarbayjon bilan energetika sohasidagi aloqalarimizni jadal davom ettirmoqdamiz. Energetika xususan, tabiiy gaz sohasidagi hamkorlikni janob Jabborov bilan baholadik. Rivojlanishi mumkin boʻlgan yangi loyihalar haqida maslahatlashdik",- deb yozadi Bayraktar.