Fidan: Suriyaning qayta tiklanishi va rivojlanishini birgalikda qoʻllab - quvvatlashimiz zarur

Poytaxt Anqarada Turkiya - Ozarbayjon - O‘zbekiston tashqi ishlar, savdo va transport vazirlari yig‘ilish o‘tkazmoqda.

2235653
Fidan: Suriyaning qayta tiklanishi va rivojlanishini birgalikda qoʻllab - quvvatlashimiz zarur

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Suriyadagi istiqbolli o‘zgarishlar mintaqa uchun yangi imkoniyatlar tug‘dirilganini qayd etdi.

Hakan Fidan poytaxt Anqarada Savdo vaziri O‘mer Bo‘lat bilan Transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uralo‘g‘lu ishtirokida uyushtirilgan Turkiya – Ozarbayjon - O‘zbekiston tashqi ishlar, savdo va transport vazirlari yig‘ilishining ochilishida nutq so‘zladi.

Unda, Suriyadagi istiqbolli o‘zgarishlarning mintaqa uchun yangi imkoniyatlar tug‘dirganini ifoda etgan Fidan:

«Suriyaning qayta tiklanishi va rivojlanishini birgalikda qoʻllab - quvvatlashimiz zarur. Chunki Suriya barqarorligi va rivojlanishi mintaqa barqarorligi bilan xavfsizligiga ijobiy ta’sir qiladi. Bu orqali logistika, transport, savdo va energiya sohalarida ham yangi imkoniyatlar tug‘iladi», - deya gapirdi.

O‘z so‘zida Turk dunyosi bir tomondan tarixiy rishtalarga asoslangan birdamlik va integratsiya jarayonini davom ettirar ekan, ikkinchi jihatdan muammoni hal qilish irodasi bilan harakat qilganiga to‘xtalgan Hakan Fidan:

«Ham mintaqamiz hamda uning tashqarisida tinchlik, farovonlik va barqarorlik payidamiz», - dedi.

Hakan Fidan, Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy Davlatlar Tashkilotining (TDT) 11 - sammitida yangi Turkiy Davlatlar Tashkiloti bayrog‘i, Turk dunyosi Xartiyasi, Turkiy Yashil moliya kengashi, Raqamli Iqtisodiy hamkorlik kelishuvi va Turkiy Davlatlar Tashkiloti Fuqaro muhofazasi mexanizmini yaratish bilan bog‘liq muhim loyihalar qabul qilinganini yodga solib, birgalikda harakat qilishni davom etishlarini ifoda etdi.

Global pandemiyadan (yangi turdagi koronavirus) keyin mintaqada yuzaga kelgan ta’minot zanjirlaridagi uzilishlar va mojarolarning xalqaro tizimning asosiy ustunlariga ziyon yetkazganiga e’tibor qaratgan Hakan Fidan,

«Bu sinovlarning barchasi Osiyo bilan Yevropa o‘rtasidagi savdoda O‘rta Osiyo, Kaspiy dengizi, Kavkaz va Turkiyaning, boshqacha qilib aytganda O‘rta yo‘lakning eng ishonchli va iqtisodiy yo‘l ekanini isbotladi», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Tashqi Ishlar vaziri sanksiyalar yuzasidan paydo bo‘lgan energiya inqirozining O‘rta Osiyo va Kavkazning geostrategik ahamiyatini oshirgani hamda Turkiyaning energiya markazi sifatida alohida o‘ringa ega ekanini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar