Bugun Turkiya - Ozarbayjon - O‘zbekiston tashqi ishlar, savdo va transport vazirlari uchrashadi

Bugungi yig‘ilishga Turkiya nomidan mamlakat Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Savdo vaziri O‘mer Bo‘lat hamda Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘lu ishtirok etmoqda.

2235472
Bugun Turkiya - Ozarbayjon - O‘zbekiston tashqi ishlar, savdo va transport vazirlari uchrashadi

Turkiya – Ozarbayjon - O‘zbekiston tashqi ishlar, savdo va transport vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi bugun poytaxt Anqarada bo‘lib o‘tadi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra yig‘ilishga Turkiya nomidan mamlakat Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Savdo vaziri O‘mer Bo‘lat hamda Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘lu ishtirok etmoqda.

Unda Ozarbayjon hay’ati nomidan Tashqi Ishlar vaziri Jayxun Bayramov, Iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborov hamda Raqamli rivojlanish va transport vaziri Rashad Nabiyev; Oʻzbekiston hay’ati nomidan Tashqi Ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Transport vaziri Ilhom Mahkamov qatnashadi.

Yig‘ilish kun tartibida tashqi siyosat masalalari, mintaqaviy hamkorlik, savdo - iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikni oshirish hamda mintaqaviy transport tarmoqlarini rivojlantirish bilan transport - kommunikatsiya sohalarida olib borilgan hamkorlikni mustahkamlash masalalari o‘rin olgan

Uch tomonlama yig‘ilish yakunida Anqara deklaratsiyasining imzolanishi va uch davlat tomonidan kuzatiluvchi aniq yo‘l xaritasining belgilanishi rejalashtirilgan.

Hakan Fidan yig‘ilishning birinchi kun tartibidagi «Tashqi siyosat masalalari va mintaqaviy hamkorlik» doirasida nutq so‘zlashi va unda Turk dunyosining birdamligi hamda integratsiya sa’y - harakatlarini faollashtirish, Turkiy Davlatlar Tashkiloti sifatida ham Turkiya – Ozarbayjon - O‘zbekiston kabi mexanizmlar orqali mintaqaviy hamkorlikning terang tus olishining ahamiyatini ta’kidlashi kutilmoqda.

Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidanning shuningdek Suriya, G‘azo, Rossiya - Ukraina urushi va Afg‘oniston kun tartibidagi mavzularda hamohang harakat qilishning ahamiyatini ta’kidlashi aytilmoqda.

Bunday formatdagi yig‘ilishlarning birinchisi 2022 - yilning 2 - avgusti kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgandi.

 



Aloqador xabarlar