Turkiyada 1 kunlik milliy motam kuni e’lon qilindi

Turkiya Boludagi yong‘inda halok bo‘lganlar uchun 1 kunlik milliy motam kuni e’lon qildi.

2233226
Turkiyada 1 kunlik milliy motam kuni e’lon qilindi

Turkiyada Bolu shahridagi «Grand Kartal» mehmonxonasida yuz bergan va kamida 70 kishi umriga, 51 kishi sog‘ligiga zomin bo‘lgan yong‘in oqibatida 1 kunlik milliy motam kuni e’lon qilindi.

Vafot etgan yutdoshlarning yaqinlariga ta’ziya izhor etgan mamlakat prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, chang‘i markazida yuz bergan fojiadan mas’ul kishilar javobga tortilishi uchun har qanday chora ko‘rilishini ma’lum qildi.

Xalq birdamligini istagan Erdo‘g‘an, bu og‘ir kunlarda barcha tarmoqlarni xalq motamini hurmat qilishga chaqirdi. Mehmonxonadagi qutqaruv ishlari o‘z nihoyasiga yetar ekan, xavfsizlik choralari kuchaytirilishi talab qilinmoqda.



Aloqador xabarlar