Kartalkayada sodir boʻlgan yongʻin qurbonlari soni yana ortdi
Kartalkaya chang‘i markazidagi «Grand Kartal» mehmonxonasida sodir bo‘lgan yong‘inda qurbonlar soni 76 nafarga yetdi.

Turkiyaning Bolu viloyatidagi Kartalkaya chang‘i markazidagi mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘inda qurbonlar soni 76 nafarga yetdi.
Mintaqaga borgan davlat vazirlari orasida Ichki Ishlar vaziri Ali Yerlikaya ham bor edi va janob Yerlikaya yong‘in falokati sodir bo‘lgan mintaqada bayonot berdi.
O‘z so‘zida yong‘in chog‘ida 76 kishi halok bo‘lgani, voqea bilan aloqali 9 kishi qo‘lga olinganini qayd etgan Ali Yerlikaya, ma’muriy tergovni ko‘pi bilan 10 kun ichida yakunlashlarini ifoda etdi.
Mamlakat Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, yong‘in falokati tufayli Turkiyada bir kunlik milliy motam kuni e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz:
Turkiyaning Bolu viloyatidagi Kartalkaya chang‘i markazidagi «Grand Kartal» mehmonxonasida joriy yilning 20 – yanvaridan 21 – yanvariga o‘tar kechasi kechqurun soat 03:30 atrofida yong‘in sodir bo‘ldi.
Qayd etilishicha 12 qavatli mazkur mehmonxona yog‘ochdan yasalgan bo‘lib, voqea sodir bo‘lgan kuni nomi tilga olingan mehmonxonada 234 kishi dam olayotgan edi.
Ilk aniqlashlarga ko‘ra yong‘in sodir bo‘lgan kuni ertalab halok bo‘lganlar soni 10 nafar deb qayd etilar ekan, hozirda qurbonlar soni 76 nafarga yetdi. Halok bo‘lganlardan tashqari 51 kishi tan jarohati odli.