Dunyo liderlari Turkiyaga hamdardlik bildirmoqda

Kartalkaya chang‘i markazida joylashgan «Grand Kartal» mehmonxonasida sodir bo‘lgan yong‘in tufayli dunyo liderlari Turkiyaga hamdardlik bildirmoqda.

2233319
Dunyo liderlari Turkiyaga hamdardlik bildirmoqda

Turkiyaning Bolu viloyatidagi Kartalkaya chang‘i markazida joylashgan «Grand Kartal» mehmonxonasida sodir bo‘lgan yong‘inda 76 kishining hayotdan ko‘z yumishi munosabati bilan dunyoning ko‘plab davlatlarining liderlari Turkiyaga ta’ziya izhor etdi.

Shu doirada Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, bu xabarni chuqur qayg‘u bilan eshitganliklarini bildirdi.

Tatar o‘z so‘zida:

«Hayotdan ko‘z yumgan birodarlarimizga Ollohdan rahmat, oilalariga sabr va hamdardlik tilaymiz. Tan jarohati olganlarning tez kunlarda sog‘ayib ketishlariga tilakdoshmiz», - dedi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, yuqorida nomi tilga olingan voqea munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga ta’ziya izhor etdi.

Ilhom Aliyev o‘z so‘zida:

«Yong‘inda ko‘plab insonlar halok bo‘lgani haqidagi xabar bizni chuqur larzaga soldi. Ushbu fojia yuzasidan tortgan har qanday dardingizga sherikman. Shaxsim va Ozarbayjon xalqi nomidan sizga, hayotdan ko‘z yumganlarning oilalari bilan yaqinlari hamda Turkiya xalqiga chuqur ta’ziya izhor etaman. Tan jarohati olganlarga esa shifo tilayman», - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Prezident Rejep Tayip Erdo‘g‘anga yo‘llagan hamdardlik maktubida, halok bo‘lganlarning yaqinlariga qirg‘iz xalqi va shaxsi nomidan chuqur hamdardlik bildirdi. Shuningdek, tan jarohati olganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin ham Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga hamdardlik bildirdi.



Aloqador xabarlar