Turkiya va Shvetsiya o'rtasidagi Xavfsizlik mexanizm yig'ilishi Anqarada bo'lib o'tadi

Turkiya va Shvetsiya o'rtasidagi Xavfsizlik yig'ilishi bugun har ikki tomon vazirlari ishtirokida Anqarada bo'lib o'tadi.

2232710
Turkiya va Shvetsiya o'rtasidagi Xavfsizlik mexanizm yig'ilishi Anqarada bo'lib o'tadi

 

Turkiya va Shvetsiya o'rtasidagi Xavfsizlik yig'ilishi bugun har ikki tomon vazirlari ishtirokida Anqarada bo'lib o'tadi.

Diplomatik manbalardan olingan ma'lumotlarga ko'ra, uchrashuv ertaga poytaxtda bo'lib o'tadi

 Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya, Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Mariya Malmer Stenergard va Shvetsiya Adliya vaziri Gunnar Strömmer ishtirok etadi.

“Xavfsizlik mexanizmi” yig’ilishi ikki davlat muassasalari o’rtasida terrorizmga qarshi kurash bo’yicha hamkorlikni rivojlantirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.

Vazir Fidan, yig'ilishda, Shvetsiyaning terror tashkilotlari PKK/PYD/YPG va FETOga qarshi qo'yishini kutgan qo'shimcha qadamlarni ma'lum qildi.

ushbu tashkilotlardan moliyalashtirish va tashviqot ishlarini to'xtatishni talab qiladi.

Fidan, Turkiyaning Yevropada kuchayib borayotgan ekstremal o'nglar, islomofobiya va irqchilikdan xavotirlanishi va bu harakatlar bilan samarali kurashish istagini ta'kidlaydi.

Mudofaa sanoatidagi cheklovlar bekor qilingandan keyin yangi davrda natijaga qaratilgan va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qilganliklarini ifoda etadi.

Turkiya-Shvetsiya xavfsizlik mexanizmi yig‘ilishi 2024-yilning 18-sentabrida Anqarada o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq Shvetsiya delegatsiyasi samolyotining nosozligi sababli qoldirildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yig'ilish , #Shvetsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar