PKKga a’zo 6 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi
Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda
2232934

Iroq shimolidagi «Panja - kalit» va «Gara» hududlarida aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 6 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi.
Mavzu haqida Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoqdagi sahifa orqali bayonot berildi va unda:
«Qahramon Turk Qurolli kuchlarimiz Iroq shimolidagi Panja - kalit va Gara hududlarida aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 6 nafar terrorchini ta’sirsiz holga keltirdi. Mintaqada oxirgi terrorchi ham yoʻq qilingunga qadar amaliyotlarimiz uzluksiz davom etadi», - degan ifodalarga oʻrin berildi.