Kartalkayada sodir boʻlgan yongʻinda halok boʻlganlar soni ortdi
Kartalkayadagi mehmonxonada sodir boʻlgan yongʻinda halok boʻlganlar soni ortdi.

Bolu viloyatidagi Kartalkaya changʻi markazida joylashgan mehmonxonada sodir boʻlgan yongʻinda halok boʻlganlar soni ortdi.
Turkiya Respublikasi Ichki Ishlar vaziri Ali Yerlikaya yongʻin haqida bergan bayonotida, 66 kishining hayotdan koʻz yumgani va 51 kishining tan jarohati olganini ma’lum qildi.
Yerlikaya oʻz soʻzida:
«Afsuski, 66 kishi hayotdan koʻz yumdi va 51 kishi tan jarohati oldi. Yong‘in o‘chdi, hozirda sovutish ishlari davom etmoqda. Sovutish ishlari tamomlangan nuqtada AFAD bilan oʻt oʻchiruvchi guruhlar tomonidan har bir xona birma – bir nazorat qilindi va 66 kishining halok boʻlgani aniqlandi», - degan ifodalarga oʻrin berdi.
Aloqador xabarlar

Zelenskiy rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi
Ukraina Prezidenti Zelenskiy ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilish uchun Turkiyaga keldi.