Bo’ludagi Kartalkaya chang'i markazida sodir bo'lgan yong’inda 10 kishi hayotdan ko'z yumdi
Bo’ludagi Kartalkaya chang'i markazidagi mehmonxonada sodir bo'lgan yong'inda dastlabki ma'lumotlarga ko'ra 10 kishi hayotdan ko'z yumdi, 32 kishi tan jarohati oldi.

Bo’ludagi Kartalkaya chang'i markazidagi mehmonxonada sodir bo'lgan yong'inda dastlabki ma'lumotlarga ko'ra 10 kishi hayotdan ko'z yumdi, 32 kishi tan jarohati oldi.
Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida bugun Turkiya vaqti bilan soat 03:27 da Kartalkaya tog'-chang'i markazidagi mehmonxonada yong'in haqida xabar kelib tushganini ma'lum qildi.
Yong'inga turli davlat muassasa va tashkilotlaridan 267 nafar xodim javob berganligini va ishlarning davom etayotganini bildirgan Yerlikaya, quyidagilarni qayd etdi:
Afsuski, halok bo‘lganlar soni 10 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 32 nafarga yetdi. Hayotdan ko‘z yumgan fuqarolarimizga Allohdan rahmat, jarohat olganlarimizga esa tezroq sog‘ayib ketishlarini tilayman”.
Olovga aralashuv davom etar ekan, yong'in bilan bog'liq sud tergovi boshlandi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan yong‘inni o‘rganish uchun to‘rt nafar bosh inspektor tayinlangan.
Vitse-prezident Jevdet Yilmaz, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yong'inda halok bo'lganlar uchun hamdardlik maktubi e'lon qildi.
Yilmaz o'z xabarida tegishli muassasalarning yong'inga qarshi kurash ishlarini davom ettirayotganini ta'kidladi.
Aloqador xabarlar

Zelenskiy rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi
Ukraina Prezidenti Zelenskiy ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilish uchun Turkiyaga keldi.