Hakan Fidan Hamas bilan Isroil o‘rtasida erishilgan kelishuvni baholadi
Hakan Fidan o‘zining «X» ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali Hamas va Isroil o‘rtasida erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi haqida gapirdi.

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidanning qayd etishicha, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun erishilgan kelishuv adolat va insoniyat uchun bebaho qadamdir.
Hakan Fidan o‘zining «X» ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali Hamas va Isroil o‘rtasida erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi haqida gapirdi va unda:
«G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun erishilgan kelishuv, adolat va insoniyat uchun bebaho qadamdir», - dedi.
Bu jarayonni amalga oshirgan Qatar bilan Misrning sa’y - harakatlari tahsinga loyiq ekanini ifoda etgan Fidan, «Endi bu kelishuvning to‘liq amalga oshirilishi va G‘azoga insonparvarlik yordamlarining uzluksiz yetkazib berilishi kerak. Xalqaro hamjamiyat bu qonuniy va ahloqiy talabni bajarishi zarur. Shu fursatdan foydalanib mintaqada butunlay tinchlik o‘rnatish va mustaqil Falastin davlatini barpo etishiimiz shart», - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Hakan Fidan, Turkiya sifatida Falastin xalqining adolatli kurashini qo‘llab - quvvatlashni davom ettishlari va o‘z zimmasiga tushgan har qanday mas’uliyatni ham olishga qarorli ekanliklarini qayd etdi.
Tashqi Ishlar vaziri Fidan so‘zlari yakunida, «Zulm to‘xtagan, adolat qaror topgan, Falastin mustaqilligi mash’alasi porlagan ajoyib kelajakni qurish uchun bor kuchimiz bilan ishlashni davom etamiz», - deya gapirdi.
Eslatib o‘tamiz:
Isroil tomonidan G‘azoga qarshi 2023 - yilning oktabr oyidan beri uyushtirilgan hujumlarda falastinlik 45 ming nafardan ortiq inson halok bo‘ldi.