Asad Hasan Shayboniy bugun Turkiyaga tashrif uyushtiradi
Asad Hasan Shayboniy va hamrohligidagi hay’at bugun Turkiyaga tashrif uyushtiradi.
2230618

Suriyadagi yangi boshqaruv Tashqi Ishlar vaziri Asad Hasan Shayboniy va hamrohligidagi hay’at Turkiyaga tashrif uyushtiradi.
Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi, Shayboniyning Turkiyaga bo‘lgan tashrifi haqida yozma ravishda bayonot berdi.
Shayboniyning hamrohligidagi oliy darajali hay’at bilan bugun Turkiyaga tashrif uyushtirishi qayd etilgan bayonotda, «Tashrif doirasida hurmatli vazirimiz (Hakan Fidan), Milliy Mudofaa vazirimiz janob Yashar Guler va Milliy Razvedka Tashkiloti rahbari janob Ibrahim Kalinning suriyalik mehmonlari bilan yig‘ilish o‘tkazishi kutilmoqda», - degan ifodalar o‘rin oldi.