PKKga a’zo 6 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi
Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.
2230018

Iroq va Suriya shimolida PKK terror tashkilotiga a’zo 6 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi.
Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Turk Qurolli kuchlarining terror tashkilotlariga qarshi chora – tadbir ko‘rishni davom etayotgani qayd etildi.
Bayonotda shuningdek:
«Iroq shimolida Panja – kalit amaliyoti olib borilgan hududda PKK terror tashkilotiga a’zo 3 nafar terrorchi bilan Suriya shimolida Tinchlik bulog‘i amaliyoti uyushtirilgan hududda aniqlangan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 3 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi. Terrorni o‘z o‘rnida yo‘q qilishda qarorimiz qat’iydir», - degan ifodalarga o‘rin berildi.