Bo‘lat Turkiya va Sloveniya o‘rtasidagi savdo hajmiga e’tibor qaratdi

O‘mer Bo‘lat ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bergan bayonotida, Fayon bilan Savdo vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvini baholadi.

2230459
Bo‘lat Turkiya va Sloveniya o‘rtasidagi savdo hajmiga e’tibor qaratdi

Savdo vaziri O‘mer Bo‘lat rasmiy tashrif bilan Turkiyaga kelgan Sloveniya Bosh vazir o‘rinbosari, Tashqi va Yevropa Ishlari vaziri Tanya Fayon bilan uchrashdi.

O‘mer Bo‘lat ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali mavzu haqida bergan bayonotida, Fayon bilan Savdo vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvini baholadi.

Bo‘lat unda Turkiya bilan Sloveniya o‘rtasidagi savdo hajmiga ham e’tibor qaratar ekan o‘z so‘zida:

«Bolqonlardagi muhim hamkorlarimizdan biri bo‘lgan Sloveniya bilan 3,1 milliard dollarga teng bo‘lgan o‘zaro savdo hajmini oshirishga va hamkorlik sohalarini diversifikatsiya qilishga katta ahamiyat beryapmiz. Bojxona ittifoqi va Yevropa Yashil bitimini modernizatsiya qilish kabi turli sohalarda yaqindan hamkorlik qilishni va sherikligimizni mustahkamlashni davom etamiz», - deya gapirdi.



Aloqador xabarlar