Iroq va Suriya shimolida 9 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

2229523
Iroq va Suriya shimolida 9 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi

Iroq va Suriya shimolida PKK terror tashkilotiga a’zo 9 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, terrorchilar, o‘zlarini kutayotgan oqibatdan qochib qutula olmasligi ta’kidlandi.

Bayonotda Turk Qurolli kuchlari tomonidan Iroq shimolida «Panja - kalit» amaliyoti olib borilgan hudud bilan Metinada aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 3 nafar terrorchi bilan Suriya shimolidagi «Firot qalqoni» va «Tinchlik bulog‘i» amaliyoti olib borilgan mintaqalarda aniqlangan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 6 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirilgani qayd etildi.

Unda shuningdek: «Terrorni o‘z o‘rnida yo‘q qilish uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan noodatiy, tezkor va uzluksiz amaliyotlarimizni davom ettiramiz», — degan ifodalarga o‘rin berildi.



Aloqador xabarlar