Hakan Fidan Suriya yig‘ilishida ishtirok etadi

Hakan Fidan Arab davlatlari ligasiga a’zo davlatlar ishtirokida uyushtirilgan Suriya yig‘ilishida ishtirok etadi.

2229514
Hakan Fidan Suriya yig‘ilishida ishtirok etadi
fidan riyad1.jpg
fidan riyad.jpg

Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Arab davlatlari ligasiga a’zo davlatlar ishtirokida Saudiya Arabistoni poytaxti Riyodda uyushtirilgan Suriya yig‘ilishida ishtirok etadi.

Vazirlik tomonidan «X» ijtimoiy tarmoq hisobi orqali berilgan bayonotda, Hakan Fidanning Arab davlatlari ligasidan Saudiya Arabistoni, Suriya, Bahrayn, Misr, Iroq, Iordaniya, Quvayt, Livan, Ummon, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vazirlari bilan Riyodda uyushtirilgan Suriya yig‘ilishida ishtirok etishi qayd etildi.

Riyoddagi mazkur yig‘ilish, 2024 - yilning 14 – dekabri kuni Iordaniyaning Aqaba shahrida Suriya bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishning davomi hisoblanadi.


Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #Riyod , #Suriya yig‘ilishi

Aloqador xabarlar