Erdo‘g‘an: PKKning o‘zini - o‘zi yo‘q qilishdan boshqa chorasi qolmadi
Adolat va taraqqiyot partiyasiga raislik qilgan Prezident Erdo‘g‘an, o‘z partiyasining Shanliurfada bo‘lib o‘tgan sakkizinchi viloyat kongressida nutq so‘zladi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning qayd etishicha, PKK terror tashkilotining o‘zini - o‘zi yo‘q qilishdan boshqa chorasi qolmadi.
Ayni vatqda Adolat va taraqqiyot partiyasiga raislik qilgan Prezident Erdo‘g‘an, o‘z partiyasining Shanliurfada bo‘lib o‘tgan sakkizinchi viloyat kongressida nutq so‘zladi.
Unda, terrorga qarshi kurash masalasiga to‘xtalgan Erdo‘g‘an 40 yildan beri terror tashkilotiga qarshi kurash olib borilganini ma’lum qildi.
Erdo‘g‘on so‘zlari davomida:
«Ushbu iflos o‘yinning yaroqlilik muddati tugadi. Terror tashkilotlari orqali mintaqamizni ekspluatatsiya qilayotganlar davri o‘z nihoyasiga yetdi. Terrorni qurol, vosita va otashkurak sifatida ishlatish davri butunlay tugadi. Terror tashkiloti bu tuproqlarga qondan, ko‘z yoshidan, g‘am – tashvishdan boshqa hech narsa olib kelmadi. Ya’ni terror bilan hech qayerga borib bo‘lmaydi. Zo‘ravonlik, qon to‘kish va qirg‘in bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Terror bilan natijaga erishib bo‘lmasligi ochiq – oydin o‘rtada. Shunday ekan, tashkilotning o‘zini - o‘zi yo‘q qilishdan boshqa chorasi qolmadi». – degan ifodalarga o‘rin berdi.
Terrorning butunlay tugashini, uning qora soyasi mamlakatdan va mintaqadan butunlay ketishini istashini ifoda etgan Erdo‘g‘an: «Mintaqamizda keskinlik va beqarorlik emas iqtisodiy, tijoriy va insoniy hamkorlikning iz qoldirishini istaymiz». – deya gapirdi.