TBMM raisi Numan Kurtulmush, Turkiyada birdamlik va birodarlik ustida to’xtaldi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Numan Kurtulmush, Turkiyada birdamlik va birodarlikning faqat bo’lginchi terror tashkiloti PKK/YPGning yo’q qilinishi bilan bo’lishini ta’kidladi.

2229157

Numan Kurtulmush, 10-Yanvar Ishchi jurnalistlar kuni munosabati bilan Parlament Muxbirlari Uyushmasiga tashrif buyurdi.

Turkiyaning eng muhim maqsadini birlik va hamjihatlik deb tushuntirgan Kurtulmush, bunga erishishning yo'li terrorsiz Turkiyani qurish ekanligini aytdi.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi, birinchi navbatda PKKni yo'q qilish, qurollarni yo'q qilish va Turkiyaning demokratik yo'llar doirasida harakat qilish kerakligini ta'kidladi.

Kurtulmush, Turkiyaning o'z chegaralarida terrorga qarshi kurashni davom ettirayotganini va PKK/YPGning qurollarni o'chirish chaqirig'iga quloq tutishi kerakligini ta'kidladi.

“Ammo (bu chaqiruvga) bo’ysunmay, terrorchilik faoliyatini davom ettiramiz deganlar bo’lsa, Turkiya davlati ularga qarshi barcha choralarni ko’rish imkoniyatiga ega”. Deb  gapirdi.

Tanlangan kalimalar: #Terror , #Jurnalist , #Numan Kurtulmush

Aloqador xabarlar