Turkiya Eron bilan o'zaro savdo hajmini 30 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Turkiya Qishloq va o'rmon xo'jaligi vaziri Ibrahim Yumakli bu haqda poytaxt Ankarada bo'lib o'tgan Turkiya-Eron qishloq xo'jaligi hamkorlik yig'ilishida ma’lum qildi.
![Turkiya Eron bilan o'zaro savdo hajmini 30 mlrd dollarga yetkazmoqchi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/7e15/14f1/6125/6780d8f769806.jpg?time=1736940511)
Turkiya Qishloq va o'rmon xo'jaligi vaziri Ibrahim Yumakli Eron bilan hamkorlik sohalarini diversifikatsiya qilish va rivojlantirishda davom etishlarini aytdi.
Yumakli bu haqda poytaxt Ankarada bo'lib o'tgan Turkiya-Eron qishloq xo'jaligi hamkorlik yig'ilishida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Turkiya o'zaro savdo hajmini 30 milliard dollarga yetkazish uchun Eron bilan hamkorlikni diversifikatsiya qilishda davom etadi.
Eron Turkiyaning Osiyoga, Turkiya esa Eronning Yevropaga kirish eshigi ekanligiga diqqat qaratgan Yumakli, “Qo’shni davlat Eron bilan iqtisodiy va savdo aloqalarimizni sanksiyalar tufayli to’xtatganimiz yo’q, kelajakda ham to’xtatmaymiz”,- dedi.
Yumakli joriy sanksiyalarning Eron bilan biznes aloqalarida, ayniqsa bank tizimida muammolarga sabab bo'lganini ifoda etib, "Umid qilamanki, shunga o'xshash muammolar qisqa vaqt ichida hal bo'ladi”,-dedi.
Aloqador xabarlar
![Metin Gurak Bryusselda harbiy marosim bilan kutib olindi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/a38b/db3d/ccee/678765c46e48f.jpg?time=1736940511)
Metin Gurak Bryusselda harbiy marosim bilan kutib olindi
Metin Gurak rasmiy tashrif bilan Belgiya poytaxti Bryusselga bordi.
![Asad Hasan Shayboniy bugun Turkiyaga tashrif uyushtiradi](http://cdn.trt.net.tr/images/medium/rectangle/e2b2/4208/a4f2/6766cd2ff0ebc.jpg?time=1736940511)
Asad Hasan Shayboniy bugun Turkiyaga tashrif uyushtiradi
Asad Hasan Shayboniy va hamrohligidagi hay’at bugun Turkiyaga tashrif uyushtiradi.