AFAD Nusayrat qochqinlar lagerida falastinliklarga un tarqatdi

Tabiiy ofatlar va Favqulodda Vaziyatlar Boshqaruvi (AFAD), Isroil hujumlari tufayli oziq-ovqat inqirozi yuzaga kelgan G'azo sektorining markaziy qismidagi Nusayrat qochqinlar lagerida falastinliklarga un tarqatdi.

2228872

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik Qochqinlarga Yordam va Ishlar Agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tarqatmalardan foyda olishni istagan yuzlab falastinlik Nusayrat qochqinlar lageridagi yordam tarqatish markazida to'plandi.

Yordamdan foydalanganlardan biri falastinlik keksa ayol Emani al-Sharif edi.

“Isroil tomonidan olib borilgan qirg’in urushi tufayli boshimizdan kechirgan ochlik soyasida nevaralarimizga un sotib olish uchun keldik” - dedi u.

Sharif, suv, oziq-ovqat va dori-darmon taqchilligi tufayli G'azo sektorida yashash sharoitlari kundan-kunga yomonlashayotganini bildirib, urushning tugashi va falastinliklarning munosib hayotga qaytishiga umid bildirdi.

Ismini oshkor qilmagan boshqa bir falastinlik ayol esa erta tongdan bir qop un olish uchun navbatda turganini va bu yordamni bir yarim oydan beri kutayotganini aytdi.

"Un tanqisligi tufayli jiddiy inqirozni boshdan kechirmoqdamiz. Davom etayotgan Isroil qamal va genotsid tufayli biz faqat non yemoqdamiz”,-degan ayol falastinlik ayol urush tugashini va hayotning normal holatga qaytishini talab qildi.

Tanlangan kalimalar: #AFAD

Aloqador xabarlar