Erdo‘g‘an: Suriyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishi kerak

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni bilan telefon orqali muloqot qildi.

2229094
Erdo‘g‘an: Suriyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishi kerak

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda “TRT Haber” telekanali ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra,  Erdo‘g‘on Suriyani qayta tiklashni kechiktirmasdan boshlash zarurligini ta’kidlagan.

Meloni bilan suhbat chog‘ida Turkiya rahbari, shuningdek, Italiyani Suriya bo‘yicha sanksiyalarni bekor qilish jarayoniga rahbarlik qilishga chaqirdi.

Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi masalalarni ham muhokama qildilar. Erdo‘g‘on o‘zaro savdo hajmini oshirish imkoniyatiga ishonch bildirdi. U ko‘plab sohalarda, xususan, mudofaa sanoati va energetika sohalarida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar