Suriya va Iroq shimolida 36 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi
Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.
2227172

Suriya va Iroqning shimolida PKK terror tashkilotiga a’zo 36 nafar terrorchi ta’sirsiz holga keltirildi.
Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, terrorchilarning, o‘zlarini kutayotgan oqibatdan qochib qutula olmasligi ta’kidlandi.
Bayonotda shuningdek:
«Suriya shimolida aniqlangan PKK/YPG terror tashkilotiga a’zo 32 nafar terrorchi bilan Iroq shimolida aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 4 nafar terrorchi qahramon Turk Qurolli kuchlarimiz tomonidan ta’sirsiz holga keltirildi. Oxirgi terrorchi ham yo‘q qilingunga qadar kurasimiz davom etadi», - deyildi.