Turkiya TBMM raisi Numan Kurtulmush Shimoliy Makedoniyada rahbarlar bilan uchrashdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Numan Kurtulmush Shimoliy Makedoniya ziyorati chog’ida Turk siyosiy partiyasi yetakchilari va Alban koalitsiyasi (VLEN) yetakchilarini alohida- alohida qabul qildi.

2223071
Turkiya TBMM raisi Numan Kurtulmush Shimoliy Makedoniyada rahbarlar bilan uchrashdi
numan kurtulmus uskup.jpg
numan kurtulmus uskup.jpg

 

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Numan Kurtulmush Shimoliy Makedoniya ziyorati chog’ida Turk siyosiy partiyasi yetakchilari va Alban koalitsiyasi (VLEN) yetakchilarini alohida- alohida qabul qildi.

Kurtulmush, Huquqlar va Demokratiya Harakati (HDH) prezidenti Solih Murat va hamrohlik qilayotgan HDH a'zolari poytaxt Skopyeda, Ensar Madaniy birdamlik jamiyati prezidenti Sulaymon Baki, Bridge uyushmasi rahbari Husrev Emin, Turk Demokratik partiyasi raisi va Shimoliy Makedoniya-Turkiya parlamentlararo do'stlik guruhi rahbari Beyjan Ilyas va Turk  Milliy birlik harakati raisi Erdog’an Sarach, keyin Alban koalitsiyasi (VLEN) yetakchilari, Demokratik Harakat partiyasi raisi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, atrof-muhit va fazoviy rejalashtirish vaziri Izet Meciti, BESA partiyasi raisi va Tetovo meri Bilal Kasami, Bosh vazirning yaxshi boshqaruv bo‘yicha o‘rinbosari Arben Fetai va Alternativa partiyasi raisi Zekeriya Ibrohimiyni qabul qildi.

Uchrashuvlarda turk jamiyatining muammolarini hal etish bilan birga ularning siyosiy hayotdagi ishtirokini yanada samarali qilish va turk siyosiy partiyalari o’rtasidagi birlik va hamjihatlikni oshirishning ahamiyati ta’kidlandi. Kurtulmush Skopyedagi tarixiy Turk bozorini ham ziyorat qildi.

Shimoliy Makedoniyadagi turk asli fuqarolar bilan ham suhbatlashgan Kurtulmush, tarixiy Usmonli telegraf idorasidagi Islom sivilizatsiyalari markaziga borib, u yerda ma’murlar bilan uchrashdi.

 



Aloqador xabarlar