Turkiya va Eron 30 mlrd dollarlik savdo maqsadiga erishmoqchi

Savdo vaziri O'mer Bo’lat, Eron bilan 30 milliard dollarlik savdo maqsadiga erishish uchun sa'y-harakatlarni davom ettirishlarini bildirdi.

2219805
Turkiya va Eron 30 mlrd dollarlik savdo maqsadiga erishmoqchi

 

 

Savdo vaziri O'mer Bo’lat, Eron bilan 30 milliard dollarlik savdo maqsadiga erishish uchun sa'y-harakatlarni davom ettirishlarini bildirdi.

Vazir Bo’lat, Eronning poytaxti Tehronda o'tkazilgan Turkiya-Eron qo'shma iqtisodiy komissiyasining 29-Davlat yig'ilishidan keyin bayonot berdi.

Vazir Bo’lat, o'zaro savdo hajmini oshirish va ikki davlat prezidentlari tomonidan belgilangan 30 milliard dollarlik ko'rsatkichga erishish uchun harakatlar davom etishini ma'lum qildi.

O'mer Bo’lat ham savdo, transport va energiya sohalarida hamkorlik rag'batlantirilishini ta'kidladi.

Savdo vaziri Bo’lat Tehrondagi uchrashuvlari doirasida Eron Prezidenti Masud Pezeshkiyan tomonidan ham qabul qilindi.

Bo’lat, ikki davlat o'rtasidagi mushtarak bojxona savdosini osonlashtirish maqsadida chegara darvozalarini modernizatsiya qilishlariga diqqat qaratdi.

"Biz Eron bilan yana ikkita chegara darvozasini ochishga harakat qilmoqdamiz. Shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi chegara punktlari va bozorlarni mustahkamlashga harakat qilmoqdamiz". - dedi u.

Bo’lat, 2015-yilda Eron bilan imzolangan imtiyozli savdo shartnomasini qayta jonlantirish va turizm bo‘yicha keng qamrovli kelishuvni amalga oshirishni istashlarini qayd etdi.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #30 milliard dollar , #savdo , #Eron , #Turkiya

Aloqador xabarlar