Erdo’g’an So’mali Prezidenti Hasan Shayh Mahmud bilan uchrashdi

Erdo'g'an va Mahmud o'z delegatsiyalari hamrohligida uchrashuv o'tkazdi. Prezident Erdo’g’an Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmedni ham qabul qildi.

2219648
Erdo’g’an So’mali Prezidenti Hasan Shayh Mahmud bilan uchrashdi

 

Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’an poytaxt Anqarada So’mali Prezidenti Hasan Shayh Mahmud bilan uchrashdi.

Erdo'g'an va Mahmud o'z delegatsiyalari hamrohligida uchrashuv o'tkazdi.

Prezident Erdo’g’an Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmedni ham qabul qildi.

Erdo'g'an, delegatsiyalar hamrohligida mehmon Bosh vazir Ahmed bilan ham uchrashdi.

Muzokaralar ortidan Somali va Efiopiya o'rtasida Anqara deklaratsiyasi imzolandi.

Deklaratsiya bilan tomonlar fikr farqlari va munozarali masalalarni ortda qoldirib, umumiy farovonlik sari hamkorlikda qat’iy harakat qilishga kelishib olganliklarini e’lon qildi.

Prezidentlik aloqalar direktori Fahrettin Altun deklaratsiya bilan bog'liq bayonot berdi:

 “Somali va Efiopiya o’rtasida imzolangan Anqara deklaratsiyasi Turkiyaning Afrikadagi xalqlar va davlatlar oldida egallagan ishonchli pozitsiyasining muhim ifodasidir”. - dedi u.

Altun, bu boradagi postida:

So’mali va Efiopiya o’rtasida Turkiya vositachiligida erishilgan bu kelishuv butun mintaqaga, ayniqsa ikki do’st davlatga foyda keltiradi” dedi.

 "Umid qilamizki, bu qit'aga va dunyomizga tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik olib keladi".

 

 

 

 



Aloqador xabarlar