Turkiya Suriya mojarosini tinchlantirishga chaqirdi
Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Suriya mojarosining yangi bosqichini boshqarishda xotirjamlik va ehtiyotkorlikka chaqirdi.
2217910
Turkiya Suriya mojarosini tinchlantirishga chaqirdi.
Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Suriya mojarosining yangi bosqichini boshqarishda xotirjamlik va ehtiyotkorlikka chaqirdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan telefon orqali suhbatda Erdoʻgʻan Turkiyaning keskinlikni pasaytirish, tinch aholini himoya qilish va siyosiy yechimni ilgari surish tarafdori ekanini taʼkidladi.
Turkiyaning qochqinlarni qabul qilish va Ostona muzokaralari kabi diplomatik sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashdagi hal qiluvchi roliga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an Suriya rejimi o‘z xalqi bilan muloqot qilishi zarurligini yana bir bor ta’kidladi.