Erdo'g'an Yaponiya valiahd shahzodasi Akishinoni qabul qildi

Erdo'g’an uchrashuv chog’ida Yaponiya valiahd shahzodasiga Usmoniy generali Pertev Poshoning imperator Mutsuhito tomonidan mukofot bilan taqdirlanganini ko’rsatuvchi hujjatni taqdim etdi.

2217240
Erdo'g'an Yaponiya valiahd shahzodasi Akishinoni qabul qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo'lgan Yaponiya valiahd shahzodasi Akishinoni kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Turkiya va Yaponiya davlat madhiyalari yangradi. Ikki mamlakat yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar. Birgalikda suratga tushildi.

Kutib olish marosimidan so'ng, yetakchilarning tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar Turkiya bilan Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Prezident Erdo'g’an uchrashuv chog’ida Yaponiya valiahd shahzodasiga Usmoniy generali Pertev Poshoning imperator Mutsuhito tomonidan mukofot bilan taqdirlanganini ko’rsatuvchi hujjatni taqdim etdi.


Tanlangan kalimalar: #Yaponiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar