Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Bryusselda uchrashuvlarini davom ettirmoqda
Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Belgiyaning poytaxti Bryusselda uchrashuvlarini davom ettirmoqda.
Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Belgiyaning poytaxti Bryusselda uchrashuvlarini davom ettirmoqda.
Vazir Fidan, Bryusseldagi NATO Tashqi ishlar vazirlari yig'ilishi doirasida ingliz hamkasbi Lammi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Suriya masalasi muhokama qilindi.
Vazir Fidan “Shimoliy beshlik” (Daniya, Finlyandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Islandiya) tashqi ishlar vazirlari bilan ham uchrashdi.
5+1 formatida o'tkazilgan bu birinchi yig'ilishda Suriyadagi o'zgarishlar, Rossiya-Ukraina urushi va Arktika mintaqasidagi xavfsizlik vaziyati muhokama qilindi.
Fidan Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andriy Sybiha bilan ham uchrashdi. Uchrashuvda mintaqaviy muammolar bilan bir qatorda ikki davlat munosabatlari ham muhokama qilindi.
Hakan Fidan yunon hamkasbi Yorgos Yerapetritis bilan ham uchrashdi.
Uchrashuvda mintaqaviy muammolar bilan bir qatorda ikki davlat munosabatlari ham muhokama qilindi.
Fidan kecha Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Baerbok, Kanada tashqi ishlar vaziri Melanie Joli va Ispaniya tashqi ishlar vaziri Jose Manuel Albares bilan alohida uchrashdi.
Uchrashuvlarda Suriyadagi o'zgarishlar, G'azo va Ukrainadagi oxirgi vaziyat muhokama qilindi.