Erdo'g'an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qildi
Prezidentning Aloqa boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, uchrashuvda Turkiya-Rossiya munosabatlari va Suriyadagi so'nggi o'zgarishlar, global va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.
Prezident Rejeb Toyyib Erdo'g'an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezidentning Aloqa boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, uchrashuvda Turkiya-Rossiya munosabatlari va Suriyadagi so'nggi o'zgarishlar, global va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi.
Uchrashuvda Turkiya Suriyaning hududiy yaxlitligini qo'llab-quvvatlashni davom ettirdi
Boshqa tomondan Suriyada adolatli va doimiy yechim topish uchun harakat qilganini ifoda etgan Erdog’an, mintaqada diplomatiya uchun ko’proq maydon ochishning muhimligini ta’kidladi.
Uning qayd etishicha, hozirgi bosqichda Suriya rejimi siyosiy yechim jarayoniga kirishishi kerak.
Suriyadagi so'nggi o'zgarishlar doirasidagi eng muhim masala tinch aholining zarar ko'rmasligi ekanligini ta'kidlagan Erdo'g'an: Suriya katta beqarorlik manbai bo'lmasligi kerakligini va Turkiya Suriyada tinchlikni ta'minlash uchun qo'lidan kelganicha harakat qilayotganini bildirdi.
Prezident Erdo’g'an, Suriyadagi so'nggi o'zgarishlardan foyda olishga harakat qilgan bo'lginchi terror tashkiloti PKK qarshi Turkiya terror guruhi va uning kengayishi bilan kurashda qat’iy pozitsiyasini davom ettirishini ta’kidladi.