Erdo’g'an: Turkiya Suriyadagi o'zgarishlarni yaqindan kuzatib bormoqda

Erdo’g’an, “Turkiya sifatida o’tmishda bo’lgani kabi kunimizda ham mintaqamizdagi inqirozni bartaraf etish uchun qo’limizdan kelgancha g’ayrat ko’rsatishga tayyormiz”,- dedi.

2216355
Erdo’g'an: Turkiya Suriyadagi o'zgarishlarni yaqindan kuzatib bormoqda

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Turkiya Suriyada Bashar Asad rejimi bilan qurolli muxolif guruhlar o'rtasida yangilangan to'qnashuvlarni diqqat bilan kuzatayotganini ma'lum qildi.
Rasmiy Anqara keskinlikning kuchayishiga qarshi zarur choralarni ko'rganini ta'kidladi.

Turkiyaning mintaqaviy barqarorlikka sodiqligini ta’kidlagan Prezident Erdo’g’an, “Turkiya sifatida o’tmishda bo’lgani kabi kunimizda ham mintaqamizdagi inqirozni bartaraf etish uchun qo’limizdan kelgancha g’ayrat ko’rsatishga tayyormiz”,- dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar