TIKA Afg‘onistonda qulash xavfi ostidagi maktabni ta'mirladi
Maktabni qayta tiklash jarayonida bino mustahkamlandi, eshik va derazalar yangilandi, devorlari bo‘yaldi, sinf xonalariga parta, stol, stul, doska va boshqa turli o‘quv materiallari joylashtirildi.
Afg‘onistonda qulash xavfi ostida turgan maktab Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA ko‘magida qayta ta’mirlandi.
Mamlakat shimoli-g‘arbida Turkmaniston bilan chegaradosh Murchak shaharchasida qulash xavfi ostida turgan maktab binosini ta’mirlash va jihozlash ishlari olib borildi.
Turkmanlar zich yashaydigan aholi punktidagi ta’lim muassasasida 2 mingga yaqin o‘quvchi boshlang‘ich, o‘rta maktab va litseyda o‘qishni davom ettirmoqda.
Maktabni qayta tiklash jarayonida bino mustahkamlandi, eshik va derazalar yangilandi, devorlari bo‘yaldi, sinf xonalariga parta, stol, stul, doska va boshqa turli o‘quv materiallari joylashtirildi.
Maktab mutasaddilari bu yordam uchun TIKA va Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.
Aksariyati turkmanlardan iborat bo’lgan maktab o‘quvchilari turkman, turk, fors va peshtu tillarida she’rlar o‘qib bayram qildilar.
Aloqador xabarlar
Turkiya va Iroq o'zaro savdo hajmini 30 mlrd dollarga chiqarmoqchi
Turkiya-Iroq Iqtisodiy va savdo qoʻshma qoʻmitasi 1-Davlat yigʻilishi boʻlib oʻtdi.