Turkiya Sivilizatsiyalar ittifoqini qo’llab-quvvatlaydi
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligining 25-27-noyabr kunlari Portugaliyaning Kaskais shahrida o'tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Sivilizatsiyalar Alyansining 10-Global Forumi haqida yozma bayonotida qayd etilgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Sivilizatsiyalar Alyansining 10-Global Forumida qabul qilingan Kaskais deklaratsiyasida har qanday kamsitishlarga qarshi kurashish qat’iyati ta’kidlandi.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligining 25-27-noyabr kunlari Portugaliyaning Kaskais shahrida o'tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Sivilizatsiyalar Alyansining 10-Global Forumi haqida yozma bayonotida qayd etilgan.
Ma’lumki, 2005-yildan beri Turkiya mezbonlik qilayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Sivilizatsiyalar Alyansining 10-Global Forumiga 25-27 noyabr kunlari Portugaliya mezbonlik qildi.
Turkiyadan Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan ishtirok etgan forumda Kaskais deklaratsiyasi qabul qilindi.
“Deklaratsiyada turli madaniyatlar oʻrtasidagi muloqot va oʻzaro hamkorlikning tinchlik va hamjihatlikda yashashga qoʻshgan hissasi alohida taʼkidlandi. Bundan tashqari, irqchilik, irqiy kamsitish, ksenofobiya, diniy murosasizlik va boshqa har qanday kamsitishlarga qarshi kurashni davom ettirish qat'iyligi bildirildi”,- deyiladi bayonotda.
Deklaratsiyada zo'ravonlikka olib keladigan kamsitishlarni hech qanday din, millat, sivilizatsiya yoki etnik guruh bilan bog'lash qabul qilinishi mumkin emasligi ham ta'kidlangan.
Bayonotda, “Turkiya global miqyosda islomga nisbatan salbiy ko’z-qarash va boshqa har qanday kamsitishlarga qarshi kurashni davom ettiradi va Sivilizatsiyalar ittifoqini qo’llab-quvvatlaydi”, degan ifodalarga o’rin berildi.