Turkiya-Yevropa Ittifoqi qo'shma parlament komissiyasi yig'ilish o'tkazadi

Muzokaralarda Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirish jarayoni va ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinadi.

2214651
Turkiya-Yevropa Ittifoqi qo'shma parlament komissiyasi yig'ilish o'tkazadi

 

Turkiya-Yevropa Ittifoqi qo'shma parlament komissiyasi kecha Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevropa Parlamentida to’plandi.

Yig’ilishda Turkiyadan Istanbul deputati va Qo’shma parlament komissiyasi raisi Ismoil Emrah Karayel, Yevropa Parlamentidan esa Yevropa Ittifoqi-Turkiya Qo’shma parlament komissiyasi delegatsiyasi rahbari, Yevropa parlamenti deputati Emmanouil Kefaloggianni ishtirok etmoqda.

Xalqaro tadbirda Turkiyaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakili, elchi Faruk Kaymakchi ham ishtirok etdi.

Muzokaralarda Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirish jarayoni va ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinadi.

Anqara kelishuvi doirasida Yevropa parlamenti va Turkiya Oliy majlisi o'rtasida ishlab chiqilgan hamkorlik va aloqalarni qulaylashtirish va Turkiya-Yevropa Ittifoqi munosabatlarini siyosiy nuqtai nazardan ko’zdan kechirish maqsadida tashkil etilgan Qo’shma parlament komissiyasi Turkiya Oliy Majlisi va Yevropa parlamenti vakillaridan tashkil topgan.

Turkiya-Yevropa Ittifoqi Qo’shma parlament komissiyasining so'nggi yig'ilishi 19-20 dekabr kunlari poytaxt Anqarada bo'lib o'tgandi.


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #Turkiya

Aloqador xabarlar