Turkiya Gʻazodagi qatliom toʻxtashi uchun har qanday yordamga tayyor
Prezident Erdoʻgʻan, oʻzi raislik qilgan Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya)ning Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi (TBMM) guruh yigʻilishida nutq soʻzladi.
Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Gʻazodagi qatliom toʻxtashi va butunlay otashkesim yoʻlga qoʻyilishi uchun Turkiya sifatida har qanday yordamga tayyor ekanliklarini qayd etdi.
Prezident Erdoʻgʻan, oʻzi raislik qilgan Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya)ning Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi (TBMM) guruh yigʻilishida nutq soʻzladi.
Erdoʻgʻan, minginchi kunini ortda qoldirgan Rossiya - Ukraina urushi va oʻn toʻrtinchi oyiga kirgan Gʻazo genotsidi doxil mintaqadagi barcha inqirozlarni hal qilish uchun jadal ravishda chora qidirganliklarini bildirdi.
Bugun ertalabdan e’tiboran Isroil va Livan oʻrtasida tuzilgan sulh bitimidan mamnun ekanliklarini ta’kidlagan Prezident Erdoʻgʻan, «Maydondagi tinchlik davom etishi uchun barcha tomonlar, ayniqsa, Isroilning oʻz mas’uliyatini birma – bir boʻyniga olishini kutib qolamiz», - dedi.
Prezident, Gʻazodagi qatliom toʻxtashi va doimiy otashkesim yoʻlga qoʻyilishi uchun Turkiya sifatida har qanday yordamga tayyor ekanliklarini ifoda etdi.