TBMM raisi Numan Kurtulmush, Kipr orolida ikki jamoali variantdan boshqa tanlov yo'qligini aytdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Numan Kurtulmush, Kipr orolida ikki jamoali variantdan boshqa tanlov yo'qligini aytdi.

2210241
TBMM raisi Numan Kurtulmush, Kipr orolida ikki jamoali variantdan boshqa tanlov yo'qligini aytdi
cevdet yilmaz kktc.jpg
kurtulmus kibris.jpg
cevdet yilmaz kktc.jpg
kurtulmus kibris.jpg

 

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Numan Kurtulmush, Kipr orolida ikki jamoali variantdan boshqa tanlov yo'qligini aytdi.

Numan Kurtulmush Shimoliy Kipr Turk Respublikasining (ShKTR) Anqara elchixonasi tomonidan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashkil topganining 41 yilligi munosabati bilan uyushtirilgan ziyofatda so’zga chiqdi.

Kurtulmush, Shimoliy Kipr Turk Respublikasining e'lon qilinganidan beri 41 yil o'tganini va Shimoliy Kipr Turk Respublikasining bugun o'zini dunyoga isbotlagan bir respublika ekanligini ta'kidladi.

– Ushbu 41 yillik davr mobaynida juda muhim davrlar yengib o‘tildi, katta qiyinchiliklar yengildi.

 Bu davrda orolda tinch-totuv yashash niyatlarini namoyish etgan va bu qadamlarni tashlash uchun barcha fidoyiliklarini qilgan Kipr turklari edi.

Lekin, afsuski, ba’zi doiralar, ayniqsa Yevropa davlatlari, ijobiy munosabatga qaramay, Shimoliy Kipr Turk Respublikasini doimiy ravishda jazolab, xalqaro maydonda Kipr turklarini chetga surishni tanladi” dedi u.

Buncha yillik tajriba va taraqqiyotdan so‘ng Kipr orolida ikki jamoali variantdan boshqa tanlov yo‘qligini ta’kidlagan Turkiya Oliy Millat Majlisi raisi, “ShKTR mavjud bo‘lishda davom etadi dedi.

Turkiya sifatida kechagidek bugun ham Shimoliy Kipr Turk Respublikasini har sohada himoya qilish va qo’limizda bo’lgan barcha vositalar bilan Kiprlik urug'doshlarimizni  barcha huquq va qonunlarini kafolatlash uchun kurashimizni davom ettiramiz.”  dedi u.

Vitse-prezident Jevdet Yilmaz, “Turkiya, vatan va kafil davlat sifatida, har qanday sharoitdan qat’i nazar, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) va Kipr Turk birodarlarimizning yonida bo’ladi” dedi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar