Qatar Amiri al – Soniy rasmy tashrif bilan Anqaraga keldi
Prezident Erdo‘g‘an bilan al – Soniy, Turkiya - Qatar Oliy strategik qo‘mitasining o‘ninchi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al – Soniy bugun poytaxt Anqaraga keldi.
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, al – Soniyni rasmiy marosim bilan kutib oldi.
Ushbu marosim ortidan Prezident Erdo‘g‘an bilan al – Soniy o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident Erdo‘g‘an bilan al – Soniy shuningdek, Turkiya - Qatar Oliy strategik qo‘mitasining o‘ninchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Yig‘ilish yakunida hamkorlik shartnomalarini imzolash marosimi uyushtirildi.
Ikki davlat o‘rtasida 8 ta shartnoma bilan 1 ta qo‘shma deklaratsiya imzolandi.
Prezident Erdo‘g‘an bilan al – Soniy oqshom soatlarida, kechki ovqat uchun uyushtirilgan ziyofatda ham uchrashadi.
Tashrif chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalari har tomonlama muhokama qilinishi kutilmoqda.
Qatar amirining tashrifi Isroil, Xamas va G‘azo jabhasida sodir bo‘layotgan voqealarni baholash nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.