Ali Yerlikaya vengriyalik hamkasbi Sandor Pinter bilan uchrashdi

Ali Yerlikaya, Budapesht jarayonining yettinchi vazirlar konferentsiyasida ishtirok etmoqda.

2209298
Ali Yerlikaya vengriyalik hamkasbi Sandor Pinter bilan uchrashdi

Turkiya Ichki Ishlar vaziri Ali Yerlikaya Vengriya Ichki ishlar vaziri Sandor Pinter bilan uchrashdi.

Ali Yerlikaya, mavzu haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali bergan bayonotida:

«Hozirda, Budapesht jarayonining yettinchi vazirlar konferentsiyasida ishtirok etish uchun Vengriyadaman. Shu doirada hay’atlararo uchrashuvlar o‘tkazdik. Unda vazirliklarimiz o‘rtasidagi hamkorlik masalalari, ayniqsa, xavfsizlik va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash mavzularini qo‘lga oldik», - degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar