Prezident Erdo’g’an Saudiya Arabistonda

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, Bir hovuch G’arb davlatlari Isroilga har tomonlama yordam berayotgan bo’lsada, musulmon davlatlarning hech qanday munosabat bildira olmagani vaziyatning shu darajaga yetib borishiga olib keldi.”dedi.

2209029
Prezident Erdo’g’an Saudiya Arabistonda

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an,

Bir hovuch G’arb davlatlari Isroilga har tomonlama yordam berayotgan bo’lsada, musulmon davlatlarning hech qanday munosabat bildira olmagani vaziyatning shu darajaga yetib borishiga olib keldi.”dedi.

Prezident Erdo’g’an, Islom hamkorlik tashkiloti va Arab ligasining navbatdan tashqari qo’shma sammitida so’zladi.

Erdog'an,

Isroil tomonidan G’azo va boshqa Falastin hududlarida amalga oshirilgan qirg’inlarda shu kungacha 70 foizi bolalar va ayollar bo’lgan 50 ming falastinlik shahid bo’ldi.” dedi u.

Turkiya bugungacha G’azoga 84 ming tonnadan ortiq yordam jo’natgan va to’siqlar bartaraf etilgach, ko’proq yordam yuborishga tayyor” dedi.

"Isroil hatto G'azoga insonparvarlik yordami yetkazilishiga toqat qilolmaydi va jo'natilgan yordam materiallarini bir necha oydan beri Misrda saqlamoqda dedi Erdog'an.

“Biz Netanyaxu hukumatiga Falastin erlarini bosib olish qimmatga tushishini his qiladigan barcha aniq va real takliflarni amalga oshirishga tayyormiz.

“Janubiy Afrika tomonidan Isroilga qarshi Xalqaro sudga qoʻyilgan ishda koʻp sonli davlatlar ishtirokini ragʻbatlantirishimiz kerak”, dedi u.

Rejep Tayyip Erdo’g'an,

“Isroilga qurol embargosini joriy etish, Isroil bilan savdo-sotiqni toʻxtatish va Isroilning agressiyasi toʻxtamas ekan, uni xalqaro miqyosda yakkalab qoʻyish nihoyatda muhim”, dedi u.

Prezident Erdo’g’anning sammit doirasida ko’plab liderlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o’tkazishi ham kutilmoqda.

Erdo’g’an Saudiya Arabistoni ziyoratidan so’ng Ozarbayjonga boradi va Iqlim sammitida ishtirok etadi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar