Anitqabrni ziyorat qilganlar soni boʻyicha rekord qayd etildi
Ataturkning abadiy qarorgohi Anitqabrni ziyorat qilganlar soni boʻyicha rekord qayd etildi.
Turkiya Respublikasining asoschisi va buyuk yoʻlboshchi Gʻoziy Mustafa Kemal Ataturkning abadiy qarorgohi Anitqabr, kecha 1 million 92 ming nafardan ortiq inson tomonidan ziyorat qilindi.
Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali «10 - noyabr Ataturkni yodga olish kuni»da Anitqabrni ziyorat qilganlar haqida ma’lumot bo‘lishildi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra kecha Anitqabrni 1 million 92 ming 365 kishi ziyorat qilgan va bu raqam bugungi kunga qadar Anitqabrni ziyorat qilgan eng yuqori ko‘rsatkich deb qabul qilindi.
Bayonotda, «Respublikamiz asoschisi G‘oziy Mustafa Kemal Ataturkni, vafotining 86 - yilligida yana bir bor hurmat, ehtirom va minnatdorchilik bilan yodga olamiz», - degan ifodalarga o‘rin berildi.
Aloqador xabarlar
Prezident Erdo’g’an bugun Chernogoriya Prezidenti Jakov Milatovich bilan uchrashadi
Prezident Rejep Tayyip Erdo’g’an bugun Chernogoriya Prezidenti Jakov Milatovich bilan uchrashadi.