Ataturkni vafotining 86 - yilligida hurmat va ehtirom ila yodga olamiz

Mustafa Kemal Ataturkni, vafotining 86 - yilligida yana bir bor hurmat va ehtirom ila yodga olamiz.

2207856
Ataturkni vafotining 86 - yilligida hurmat va ehtirom ila yodga olamiz

Turkiya Respublikasi asoschisi va Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti Mustafa Kemal Ataturk, bundan roppa – rosa 86 – yil muqaddam, 1938 – yilning 10 – noyabri kuni o‘lamdan o‘tdi.

Chanoqqal’a urushi chog‘ida erishgan muffaqiyati bilan e’tiborlarni o‘ziga tortgan Mustafa Kemal Ataturk, Birinchi Jahon urushi natijasida O‘smonli imperiyasining mag‘lub hisoblanishi va mamlakat tuproqlarining g‘oliblar tomonidan bosib olinishiga harakat qilina boshlashi bilan turk xalqiga yetakchilik qilib, mamlakatning mustaqilligi uchun kurash olib bordi.

Ushbu kurashning muvaffaqiyatli natijalanishi bilan Lozanda qo‘l qo‘yilgan tinchlik shartnomasi ortidan Turkiya Respublikasi tashkil topdi va Mustafa Kemal Ataturk, Respublikaning birinchi Prezidenti bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay Ataturk familiyasini olgan lider, amalga oshirgan inqiloblari orqali zamonaviy jamoatning shakllanishiga katta hissa qo‘shdi. Shunday ekan Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining Tashqi xizmati qoshidagi Turkiya ovozi radiosining o‘zbek tilidagi ijodiy jamoasi nomidan turk xalqining buyuk lideri Mustafa Kemal Ataturkni, vafotining 86 - yilligida yana bir bor hurmat va ehtirom ila yodga olamiz.  

 



Aloqador xabarlar