Prezident Rejeb Toyyib Erdo’g’an Yevropalik hamkasblari bilan uchrashdi
Prezident Rejeb Toyyib Erdo’g’an fransuz hamkasbi Emmanuel Makron, Niderlandiya Bosh vaziri Dik Schoof va Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen bilan uchrashdi.
Prezident Rejeb Toyyib Erdo’g’an fransuz hamkasbi Emmanuel Makron, Niderlandiya Bosh vaziri Dik Schoof va Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen bilan uchrashdi.
Prezidentlik Aloqa boshqarmasi bayonotiga ko‘ra, Erdog'anning Makron bilan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammiti uchun borgan Vengriyadagi uchrashuvida Turkiya va Fransiya o'rtasidagi munosabatlar bilan bir qatorda mintaqaviy va global muammolar ham baholandi.
Prezident Erdo’g’an uchrashuvda Turkiya va Fransiya o’rtasidagi munosabatlarning chuqur ildizlarga asoslanganligini, savdo va iqtisodiy aloqalarning chuqurlashishi ikki davlatga ham foyda keltirishini bildirdi.
Turkiya Yevropa Ittifoqiga toʻlaqonli aʼzo boʻlish strategik istiqboli bilan harakat qilmoqda va bu jarayonni jonlantirishga ehtiyoj bor. Erdo'g'an, Bojxona ittifoqining yangilanishi (Yevropa Ittifoqi va Turkiya o'rtasidagi) va vizani ozod qilinishi (Turk fuqarolari uchun) bilan bog'liq va'dalarning bajarilishi kutilayotganini bildirdi.
Ukraina-Rossiya, Isroil-Falastin, Isroil-Livan va shunga oʻxshash keskinliklarni tinch asosda diplomatiya yoʻli bilan toʻxtatishdan barcha davlatlar manfaatdor ekanini taʼkidladi.
Prezident Erdog’an, Gollandiya Bosh vaziri Schoofni ham qabul qildi.
Turkiya-Niderlandiya munosabatlari, mintaqaviy va global muammolar muhokama qilingan uchrashuvda Erdog’an: “Aloqalarni yaxshilash uchun. savdo hajmini kengaytirish, ayniqsa mudofaa sanoati, yashil va raqamli transformatsiya va energetika va barcha sohalarda hamkorlik imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan sa'y-harakatlar davom etmoqda.
Prezident Erdo’g'an, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga to'liq a'zo bo'lish maqsadi yo'lida harakat qilayotganini bildirdi. Uning ta'kidlashicha, jarayonni jonlantirish va Bojxona ittifoqini yangilash ham Ittifoq manfaatiga mos keladi.
Erdo'g'an, Turkiya, boshda Ukraina, Falastin va Livan bo'lib dunyo tinchligi va osoyishtaligiga tahdid solayotgan barcha inqirozli hududlarda doimiy osoyishtalikni ta'minlash uchun harakat qilganini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyat hamkorlikda harakat qilish, ayniqsa Isroil tajovuzkorligini to‘xtatish uchun muhim ahamiyatga ega.
Prezidentlik aloqalar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, uchrashuvda Turkiya va Fransiya o'rtasidagi ikki tomonlama aloqalar bilan bir qatorda mintaqaviy va global muammolar ham baholandi.
Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen bilan ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va global mavzular muhokama qilingan uchrashuvda Erdo‘g‘an: O'zaro savdoni oshirib, Turkiya-Daniya aloqalarini mustahkamlash uchun harakat qilganliklarini va bu boradagi sa'y-harakatlar davom etishini bildirdi.
Prezident Erdog'an, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo'shilish jarayonini jonlantirish
Ittifoqqa a'zo mamlakatlardan Bojxona ittifoqini mustahkamlash bo'yicha qadamlar kutilayotganini va buning Yevropa Ittifoqini mustahkamlashini bildirdi.
Prezident Erdo’g’an, Isroilning Falastin tuproqlari va Livanda, ayniqsa G’azoda insoniyatga qarshi jinoyat sodir etganini aytdi. Uning qayd etishicha, barcha davlatlar Isroilga siyosiy va diplomatik bosimni kuchaytirishga harakat qilishlari muhim.
Aloqador xabarlar
Erdo’g’an NATO Bosh kotibi Mark Rutte bilan muloqot qildi
Suhbat chog’ida Suriyadagi so‘nggi o‘zgarishlar muhokama qilindi.