Hakan Fidan TDTning Tashqi Ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

Kecha Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi Ala – Archa davlat qarorgohida Turkiy Davlatlari Tashkiloti tarkibidagi Tashqi Ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2207225
Hakan Fidan TDTning Tashqi Ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi
hakan fidan tdt disisleri bakanlari toplantisi.jpg
hakan fidan tdt disisleri bakanlari toplantisi.jpg

Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Turkiy Davlatlari Tashkiloti (TDT) tarkibidagi davlatlarning Tashqi Ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Kecha Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi Ala – Archa davlat qarorgohida Turkiy Davlatlari Tashkiloti tarkibidagi Tashqi Ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qirg‘iziston Tashqi Ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev, Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan, Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayxun Bayramov, Qozog‘iston Tashqi Ishlar vaziri Murat Nurtleu, O‘zbekiston Tashqi Ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda tashkilot tarkibidagi kuzatuvchi davlatlardan Vengriya Tashqi Ishlar vaziri Peter Szijjarto bilan Turkiy Davlatlari Tashkiloti Bosh kotibi Qubanichbek O‘muraliyev ishtirok etdi.

Yig‘ilish oldidan jurnalistlarga bayonot bergan bosh kotib O‘muraliyev, Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bugun Turkiy Davlatlari Tashkiloti tarkibidagi davlatlarning prezidentlarining o‘n birinchi sammiti o‘tkazilishi va sammit kun tartibining «Turk dunyosi munosabatlarini mustahkamlash: Iqtisodiy integratsiya, umumiy rivojlanish, raqamli kelajak va xavfsizlik yo‘nalishlarida sheriklik», - masalalari bo‘lishini ma’lum qildi.

O‘muraliyev, sammit yakunida 100 dan ortiq mavzuni o‘z ichiga olgan Bishkek deklaratsiyasi imzolanishini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Tashqi Ishlar vaziri Kulubayev esa, Turkiy Davlatlari Tashkiloti a’zolari va kuzatuvchi davlatlar yaqindan qiziqqan «yashil» iqtisodiyot boʻyicha yoʻl xaritasi ham qabul qilinishini taʼkidladi.

 



Aloqador xabarlar