Erdo‘g‘an: G‘azodagi insoniyat fojiasiga qarshi kuchli pozitsiyada turishimiz zarur
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Turkiy Davlatlari Tashkilotining 11 - sammitida ishtirok etish maqsadida hozirda Qirg‘izistonda bo‘lar ekan, shu doirada qirg‘iz hamkasbi Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident Erdo‘g‘an, «Turk dunyosi sifatida G‘azodagi insoniyat fojiasiga qarshi kuchli pozitsiyada turishimiz kerak», - dedi.
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Turkiy Davlatlari Tashkilotining 11 - sammitida ishtirok etish maqsadida hozirda Qirg‘izistonda bo‘lar ekan, shu doirada qirg‘iz hamkasbi Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda, ikki davlat o‘rtasida 19 ta kelishuv imzolanar ekan ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirildi.
Ikki davlat o‘rtasida xavfsizlik, energiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat kabi sohalarda kelishuv imzolangani, Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA tomonidan qurilgan va jihozlangan Qirg‘iz - Turk do‘stlik shifoxonasini ochib berganliklarini bildirgan Erdo‘g‘an: «Qardosh qirg‘iz xalqi farovonligini oshirish borasidagi sa’y - harakatlarimizni qat’iy qaror bilan davom ettiramiz»”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.
Prezident Japarov bilan global va mintaqaviy masalalar ustidan ham fikr almashganliklarini ifoda etgan Erdo‘g‘an:
«G‘azo bosh bo‘lish bilan birga bosib olingan Falastin tuproqlari va Livandagi Isroil vahshiyliklari, muzokaralarimizda eng muhim kun tartibi masalalaridan biri sifatida o‘rin oldi. Shunday ekan, turk dunyosi sifatida G‘azodagi insoniyat fojiasiga qarshi kuchli pozitsiyada turishimiz kerak», - deya gapirdi.
Ayni vaqtda Qirg‘iziston Prezidenti Japarov Prezident Erdo‘g‘anni, Qirg‘iz Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish va ikki davlat xalqlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun «Manas» ordeni bilan taqdirladi.